Bilasizmi? O‘zbekiston Superkubogida ishtirok etgan 6 klubdan 5 tasi g‘alaba qozongan. Bittasi mag‘lubiyatga uchragan

  • 24 avgust, 2023, 11:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Jizzaxda O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi. "So‘g‘diyona" stadionida kubok sohibi "Nasaf", chempion "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 19:30da start oladi.

Tecno

O‘zbekiston Superkubogi 1999 yili tashkil etilgan. Ammo ayrim yillari musobaqa o‘tkazilmagan. Faqatgina 7 bor ushbu musobaqaning guvohiga aylanganmiz.

Shu paytga qadar 7 ta Superkubokda 6 klub qatnashgan. Musobaqada 5 jamoa g‘alaba qozonishni uddalagan. Faqatgina AGMK 2019 yili "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

"Lokomotiv" va "Paxtakor" sovrinni ikki martadan boshi uzra baland ko‘targan bo‘lsa, "Navbahor", "Nasaf" hamda "Bunyodkor" bir bor g‘alaba qozongan.

Quyida O‘zbekiston Superkubogining barcha ishtirokchilari bilan tanishing:

Klub

G‘olib

Mag‘lub

Lokomotiv (Toshkent)

2015, 2019 (2)

2014 (1)

Paxtakor (Toshkent)

2021, 2022 (2)

1999, 2015, 2016 (3)

Nasaf (Qarshi)

2016 (1)

2021 (1)

Navbahor (Namangan)

1999 (1)

 

Bunyodkor (Toshkent)

2014 (1)

 

AGMK (Olmaliq)

 

2019 (1)

"Nasaf" va "Paxtakor" o‘rtasidagi Superkubokda doim bir xil hisob qayd etilgan. Bu gal-chi?

O‘zbekiston Superkubogi birinchi marta qaerda o‘tkazilgan va qaysi jamoa g‘olib bo‘lganini bilasizmi?

"Nasaf" "Paxtakor"ga tenglashib oladimi yoki farq oshadimi? Superkubok bahsiga oid muhim ma’lumotlar

photo_2022-02-27_10-51-36

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!