
Bilasizmi? Villian so‘nggi 5 yilda "Chelsi" safida evrokuboklarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi
Xabaringiz bor kecha “Chelsi” Evropa ligasi 1/8 final bosqich dastlabki bahsida “Dinamo” Kiev bilan bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni kiritilgan gollarning biriga “aristokratlar”ning braziliyalik xavbeki Villian mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 30 yoshli futbolchi uchun “Chelsi” safida evrokuboklarda kiritgan 12-gol bo‘ldi. Bu esa londonliklar safida to‘p surayotgan futbolchilar orasida 2013/14 yildan buyongi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Bu borada Villiandan keyingi natija Eden Azarga tegishli. Belgiyalik futbolchi so‘nggi 5 yil ichida evrokuboklarda jami 9ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar