Bir imzo bilan eng qimmat futbolchiga aylandi

  • 22.07.2026 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning yangi futbolchisi Morgan Rojers klub tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

23 yoshli yarim himoyachi «Aston Villa» tarkibidan London jamoasiga o‘tib, 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Turli bonus va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda kelishuv qiymati 117 million funt (taxminan 137 million yevro)ga yetdi.

Shu tariqa Rojers transferi «Chelsi» tarixidagi eng qimmat bitimga aylandi. Klubning eng katta sarflar beshligida endi Morgan Rodjers yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda 121 million yevro evaziga olingan Enzo Fernandez, 116 million yevro turgan Moises Kaysedo, 113 million yevroga qaytarilgan Romelu Lukaku va 100 million yevro evaziga sotib olingan Kay Haverts joylashgan.

Rojers shu bilan birga tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi. U iyul oyi boshida «Manchester Siti» 116 million funt to‘lab qo‘lga kiritgan Elliot Anderson ko‘rsatkichini ham ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!