Birinchi davrada umuman yutqazmagan AGMK oxirgi to‘rtta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lyapti. Navbatdagi raqib esa "Andijon"!

  • 22.11.2020 20:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK klubi uzoq parvozdan keyin endi biroz pastga sho‘ng‘iyotganga o‘xshaydi. Nimagaki, olmaliqliklar oxirgi to‘rtta turdan beri raqiblariga faqat yutqazib kelyapti. Qizig‘i, bu jamoa birinchi davrada hammani ajablantirgan holda hech kimga yutqazmagan yagona klub edi.

Garchi AGMK to‘rtta turdan beri mag‘lubiyatga uchrayotgan bo‘lsa ham kuchli uchlikda tushmay kelmoqda. Chunki bungacha yig‘ib qo‘ygan ochkolari sababli boshqalardan ancha ilgarilab ketgan.

Xo‘sh, Mirjalol Qosimov jamoasining mag‘lubiyatli seriyasi qachongacha davom etarkin? 24-turda esa AGMK o‘z maydonida Superligada qolish uchun kurashayotgan “Andijon”ni qabul qiladi.

agmk2

Agar ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga qaraydigan bo‘lsak, navbatdagi to‘qnashuvi 20-qarama-qarshilikka aylanadi. Hozircha katta ustunlik mezbonlar tarafida. 19 ta bellashuvning 11 tasida AGMKning qo‘li baland kelgan. “Andijon” esa 4 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. Yana 4 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Qizig‘i, andijonliklar Olmaliq maydonida hali g‘alaba qozonmagan. Qolaversa, bu raqibini oxirgi marta 2011 yilgi mavsumda Andijondagi stadionda 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlar statistikasi bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, AGMK yaqqol favorit sifatida ko‘rinmoqda. Mag‘lubiyatlar iskanjasiga tushib qolgan klub “Andijon” bilan bahsda bunga nuqta qo‘yadimi? Ammo unutmaslik kerakki, andijonliklar ham yangi murabbiy boshchiligida Superligada qolish uchun astoydil kurashmoqda va o‘tgan turdagi g‘alaba ularni ruhlantirishi tabiiy.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!