
Birinchi liga g‘olibi "Nasaf" farm pro ligada ishtirok etmaslikka qaror qildi
"Nasaf" farm jamoasi birinchi liganing g‘arbiy mintaqasini peshqadam sifatida yakunlab, Toshkent mezbonlik qilgan pley-off o‘yinlariga yo‘llanma olgandi.
Pley-off bosqichida qarshiliklar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda birinchi liganing bosh sovriniga ega chiqdi. Bu bilan "Nasaf" farm jamoasida pro liga musobaqasida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Biroq "Nasaf" o‘z farm jamoasi 2025-yilgi mavsumni ham birinchi ligada o‘tkazishini Ligaga ma’lum qildi va pro ligada ishtirok etmaslikka qaror qildi.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar