Bitta imzo bilan Xoland eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi

  • 26 mart, 2023, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumidayoq to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Erling Xolandni yangi shartnoma bilan taqdirlashga qaror qildi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, agar 22 yoshli norvegiyalik forvard yangi bitimni imzolasa, Angliyada eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.

Ayni paytda Xoland bonuslarni qo‘shib hisoblaganda har hafta 375 ming funt maosh olyapti. Uning jamoadoshi Kevin de Bryuyne va “Manchester Yunayted” darvozaboni Devid de Xeya ham xuddi shuncha pulga o‘ynayapti. Uchala futbolchi Premer-ligadagi xizmat haqi eng katta o‘yinchilar hisoblanadi.

The Sun nashri “shaharliklar” Xoland bilan hamkorlikni 2028 yilning yozigacha uzaytirib, haftasiga 500 ming funt maosh taklif qilmoqchi ekani haqida xabar tarqatdi. Bu orqali, klub mutasaddilari Xoland shartnomasidan uni sotib olishga imkon beruvchi barcha bandlarni olib tashlashni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibroximmm
27/03/2023 00:28
Бекзод ака билат умримни охиригача бунча пул тополмайман хафталик маошини