
Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov xuddi “Lans”da bo‘lgani kabi qisqa muddatda “Manchester Siti”ning ham asosiy himoyachisi maqomiga ko‘tarilib oldi.
Buni joriy mavsumdagi faktlar isbotlab turibdi. Abduqodir Angliya Premer-ligasida to‘rtta va Evropa Chempionlar ligasida bitta o‘yin o‘tkazdi. Legionerimiz to‘liq o‘ynagan ikki o‘yinda “Manchester Yunayted” va “Napoli” futbolchilari “Siti” darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Husanov jarohat olib, maydonni tark etgan ikki o‘yinda esa, raqiblar – “Brayton” va “Arsenal” manchesterliklar darvozasini ishg‘ol qildi. “Brayton” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, “kanonirlar” o‘z maydonida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
Sports.uz portali “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin “shaharliklar”ga muxlislik qilayotgan fanatlarning ijtimoiy tarmoqda Abduqodir Husanov haqida bildirayotgan fikrlarini o‘rganib chiqdi va ulardan ayrimlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Calmie Alhajy:
Husanov – bizni qutqarib kelayotgan yagona futbolchi edi...
Chuma Nkanyezi Nosasa:
Abduqodirning jarohat olgani menda xavotir uyg‘otdi.
Cristian KP:
Husanovning safdan chiqqani biz uchun katta zarba.
Kevin Morrow:
Nega zo‘r o‘yinchilar doim jarohat oladi? Jamoamizning eng zo‘r o‘yinchilarida shunday bo‘lyapti. Ilgari Serxio Aguero ko‘p shikastlanardi. Keyin bu holat Rodri, Kevin de Bryuyne, Jon Stounzda kuzatildi. Endi esa, yangi top-himoyachimiz Husanov ikkinchi bor jarohat oldi.
Gabriel Dee:
Husanov jamoamizning kelajagi bo‘la oladigan yagona himoyachi...
Edie Akoo Nelson:
Agar shu jarohat bo‘lmaganida, Martinelli gol urolmasdi.
Andy Fordyce:
Husanov o‘zidan oldinda bo‘lgan Trossardan o‘zib ketganini ko‘rdinglarmi? Ana tezlik...
Make Out Hills:
Husanov aslida gol urgan Gabriel Martinellidan ham tezkor.
Edie Akoo Nelson:
Abduqodir qancha masofadan Trossarga etib olganini ko‘rdinglarmi? Agar Husanov maydonda bo‘lganida Martinelliga zarba yo‘llash imkonini bermas edi.
Nicklas Andreasen:
Husanov “chaqmoq”, buqadek kuchi bor va o‘yinni zo‘r o‘qiy oladi. Juda katta talant.
Sammy Kim:
Husanov bo‘lganida Martinelli gol urolmasdi.
Fŕeßh Latinøva:
Husanov ancha yosh va tezkor Maduekening ham dodini bergan edi...
Yamikani Chinkango:
Husanov jamoamizning eng zo‘r himoyachisiga aylanib bo‘ldi.
Ain't Tanjiro:
Husanov ikkinchi bo‘limda ham o‘ynaganida “Manchester Siti” g‘alabani ushlab qolardi.
Baeti Molefi:
Husanov Martinelli to‘pni qabul qilmasidan uni to‘sib qo‘yardi.
Ibra Him:
“Real”ga qarshi o‘yinda Husanov Vinisiusni nima qilishini hozirdan tasavvur qilyapman...
Paul Nhlapo:
Abuqodir Kayl Uokerning o‘rnini to‘liq bosdi. U o‘yindan o‘yinga kuchayib boryapti. Hali eng zo‘r himoyachi bo‘ladi.
Clement Lazarus:
Husanov hayratga solyapti. Tez yugurishidan tashqari, tez o‘ylaydi va tez qaror qabul qiladi.
Katleho Ntjatje:
Husanovni nega almashtirishdi, kimdir tushuntirib bersin? Gvardiolaning qarorini tushunmadim.
Takudzwa Mututwa:
“Arsenal” futbolchilari darvozaga yo‘l topa olmaganidan keyin ularni o‘tkazmayotgan Husanovni jarohatlab, o‘yindan chiqarib yubordi.
Collins Andiego Snr:
Husanov zo‘r himoyachi. Jarohati og‘ir emas, deb umid qilamiz.
Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!
Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...
Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi
Shomurodov “qurbonlari” qatoriga yana bittasini qo‘shdi
G‘alaba kerak bo‘lsa, Husanovni o‘ynat!
Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...
Fikrlar