Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

  • 22 sentabr, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining beshinchi turida “Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Siti” bilan kuch sinashib, so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “kanonirlar”ga qarshi kechgan bahsni yana himoyaning o‘ng qanotida boshladi. Birinchi bo‘lim davomida legionerimiz ikki marta shifokor yordamini qabul qilishiga to‘g‘ri keldi.

Xosep Gvardiola tanaffus oldidan yana shikastlangan Husanovni ikkinchi bo‘limga tushirmadi.

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk sayti ekspertlari futbolchilarning harakatlarini quyidagicha baholadi.

Janluiji Donnarumma – 6/10:

Uchrashuv davomida ishonchli o‘ynab kelgan tajribali darvozabon o‘yin oxiriga kelib, xatoga yo‘l qo‘ydi va Martinelli hisobni tenglashtirishga erishdi.

Abduqodir Husanov – 8/10:

Xalqaro tanaffusdan keyin “Manchester Siti”ning eng zo‘r himoyachisi darajasiga ko‘tarildi va bu borada hamkasblarini ancha ortda qoldirmoqda. Jismonan baquvvat, o‘ziga ishonchi yaqqon ko‘rinib turgan futbolchi raqiblarini ham dahshatga solmoqda. “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda hech narsani va hech kimni o‘tkazmadi. Shikastlangan bois tanaffusda zaxiraga olindi.

Ruben Diash – 7/10:

Ayrim vaziyatlarda ishonch etishmagan bo‘lsa-da, himoyani boshqarishga harakat qildi. Manchesterliklar 80 daqiqa davomida bitta gol ustunligini ushlab turganida uning hissasi bor.

Yoshko Gvardiol – 6.5/10:

“Arsenal” gol urgan vaziyatda Martinellini “yo‘qotib” qo‘ydi. Qolgan vaziyatlarda yaxshi o‘ynadi, chap qanotni yopishda Niko O’Reyliga ham yordam berib turdi.

Niko O’Reyli – 7/10:

O’Reyli bu gal Madueke va Saka kabi tezkor futbolchilar sinovdan o‘tkazdi. Yosh himoyachi ularga qarshi juda ishonchli o‘ynadi. “Arsenal” asosiy bosimni o‘ng qanotdan uyushtirgan bo‘lsa-da, Niko yaxshi harakat qildi.

Rodri – 7/10:

Xotirjam va ishonchli o‘ynagan tajribali yarim himoyachi sekin-asta jismoniy formasini tiklab olmoqda.

Bernardu Silva – 7/10:

Har doimgidek mehnatkashligini ko‘rsatdi, “Siti”ga temp berib turdi. Yugurib charchamadi.

Tijani Reynders – 7/10:

Oxirgi paytdagi eng zo‘r o‘yinlaridan biri bo‘ldi. Xolandning goliga ajoyib uzatma berdi. “Arsenal”ga anchagina bosim o‘tkazib turdi.

Fil Foden – 7/10:

Bu gal Fodenga yorqin vaziyatlar etishmadi. Shunga qaramay, har doimgidek faol o‘ynashga harakat qildi.

Jeremi Doku – 8.5/10:

Bu o‘yinchi yozgi tayyorgarlik davrida o‘z ustida tinimsiz ishlagani bilinib turibdi. Turdan turga o‘yini ochilib bormoqda. Bu gal “kanonirlar” himoyachilarini qiynab tashladi.

Erling Xoland – 8/10:

O‘yin boshidayoq hisobni ochdi. Biroq Doku yaratib bergan vaziyatni boy berdi. Mavsum boshidan beri ettinchi golini urdi.

 Mateush Nunesh – 7.5/10:

Husanov o‘rniga maydonga tushgan Nuneshda himoyalanish masalasida muammolar bor. Lekin juda murakkab uchrashuvning ikkinchi yarmida o‘ng qanot bo‘ylab oldinga o‘tishda o‘zini ko‘rsata oldi.

Niko Gonsales – 7/10:

Jamoasi ustunligini saqlab turishga harakat qildi. O‘tkazilgan golda uning aybi yo‘q.

Natan Ake – 7/10:

“Siti” himoyasida ishonchli o‘ynadi, hisob tenglashganidan keyin hujumchilarga yordam berishga kirishib ketdi.

Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi

Shomurodov “qurbonlari” qatoriga yana bittasini qo‘shdi

G‘alaba kerak bo‘lsa, Husanovni o‘ynat!

Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

Husanov “Manchester Siti”ni o‘zgartirib yubordi...
Husanov klub afsonasi o‘rnini egalladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
22/09/2025 20:29
Faqat omad tilayman.
Sog‘-salomat bo‘lsin!