Bobir Abdixoliqov yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, "Nasaf" va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov Ukraina chempionatiga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Ukrainaga etib borgan va kecha "Rux" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Bobir yangi jamoasida 16-raqam ostida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, "Rux" ayni damda 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 21 fevral kuni "Shaxtyor"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!