Boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga dastlabki yo‘llanma qo‘lga kiritildi

  • 8 mart, 2020, 14:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirda Bobousmon Baturov (-69 kg) ikkinchi jangini o‘tkazdi. U chorak final bosqichida xitoylik Kiong Ersunga qarshi ringga ko‘tarildi. Ma’lumki, ushbu vazn toifasiga 5 ta yo‘llanma tikilgan. Jang g‘olibi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritar edi.
Juda muhim bo‘lgan ushbu jangning birinchi raundi kutilganidek hamyurtimizning bosimi bilan boshlandi. Xitoylik bokschi qarshi zarbalar bilan javob berishga harakat qildi.

Tecno

Ikkinchi raundda ham yurtdoshimiz birinchi raqamli bo‘ldi. Raqib esa odatdagidek qarshi hujumda ushlab, aniq zarbalar yo‘llashga urindi. Biroq Baturov faol bo‘ldi va bu hisobda ham aks etdi.
Uchinchi raund yana odatiy tarzda yurtdoshimizning faol harakatlari bilan boshlandi. Bokschilardan kurash uslublarini ham tomosha qildik.

Yakunda, Bobousmon o‘zining ishtiyoqi va faolligi evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olish bilan birga Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!