Bobur Qo‘ziev: Ko‘proq litsenziya qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz

  • 10 oktabr, 2019, 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Barchaga yaxshi ma’lumki O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi yildan yilga sport turlari qamrovini kengaytirib bormoqda.

Tecno

Masalan, 2008 yil Pekinda o‘tkazilgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bor yo‘g‘i 2 ta sport turidan qatnashilgan bo‘lsa, oradan 4 yil o‘tib Londondagi musobaqada 4 ta sport turida ishtirok etildi. 2016 yil Rio mezbonlik qilgan Paralimpiya o‘yinlarida esa vakillarimiz 5 ta sport turida kurash olib borishdi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbariyati kelgusi yil Tokioda bo‘ladigan navbatdagi Paralimpiya o‘yinlarida 7 ta sport turida ishtirok etishni ta’minlashni maqsad qilgan. Yangi qo‘shilgan sport turlaridan biri bu  para taekvondo hisoblanadi. Ayni damda para taekvondochilarimiz Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Biz esa u erga tashrif buyurib, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bobur Qo‘ziev bilan oldindagi rejalar haqida qisqacha suhbatlashdik.

-Para taekvondoni yurtimizda rivojlantirishga nima turtki berdi?

-Men uzoq yillardan buyon taekvondo bo‘yicha murabbiy sifatida ishlab kelyapman. Faoliyatim davomida asosan sog‘lom sportchilar bilan ishladim, yuqori natijalarga erishdim. Ochig‘i, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining ushbu sport turini imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida ham rivojlantirishni maqsad qilganidan va bu borada menga taklif bilan chiqishganidan xursand bo‘ldim. Chunki, ular orasida ham iste’dodlilari etarli. Shu bois men ortiqcha o‘ylanishlarsiz O‘zbekistonda para taekvondoni rivojlantirish bo‘yicha bergan taklifiga rozilik bildirdim.

88

-Hozirda qo‘l ostingizda qancha sportchi shug‘ullanmoqda?

-Ayni damda para taekvondo bo‘yicha milliy terma jamoamizda 2 nafar qiz bola va 9 nafar yigit shug‘ullanmoqda. Ular bizning asosiy tarkib sportchilarimiz hisoblanishadi.

-Para taekvondochilarimizni oldinda qanday yirik musobaqa kutmoqda?

-Joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari Italiyaning Bari shahrida Evropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Hozirda bor e’tiborimizni aynan mana shu musobaqaga qaratganmiz. Boisi, ushbu turnir Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Biz Italiyadagi musobaga 2 ta ayol va 5 ta erkak sportchi bilan borishni rejalashtirganmiz.

-Qaysi shogirdingizning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

-Qo‘l ostimdagi barcha sportchilarning harakatlari yaxshi. Ayniqsa, +58 kg vazn toifasida ishtirok etadigan Guljanoy Naimova qolganlarga nisbatan Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ancha yaqin. Agar bu qizimiz Italiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani naqd qiladi.

999

-Oldigda Tokio-2020 ga yo‘llanma beruvchi yana qanday musobaqalar qoldi?

-Hozirda Italiyadagi Evropa ochiq chempionatidan keyin 2020 yilning mart oyida Osiyo chempionati bo‘ladi. Aynan mana shu musobaqa Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beradi. Biz esa har ikkala musobaqada ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, imkon qadar ko‘proq litsenziyalar qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.

-Para taekvondo bo‘yicha sportchilar qanday saralab olinadi?

-Biz har yili barcha viloyatlarga bu borada e’lonlar beramiz va u erdagi vakillarimiz bizga kerakli sportchilarni yuborishadi. Biz esa oktyabr – noyabr oylarida yurtimizning barcha xududlaridan kelgan para taekvondochilarning har birini 3 kun davomida sinovdan o‘tkazamiz va shu yo‘l bilan ular orasidan iste’dodlilarini saralab olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!