Bogdan Milich: "Superliga sari yana bir katta qadam tashladik"

  • 12 oktabr, 2022, 14:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoamiz pro liganing 21-turida “Buxoro”ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda birinchi gol muallifi bo‘lgan Bogdan Milich o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi.

Tecno

Chernogoriyalik legioner “Buxoro”ga qarshi o‘yin va “Xorazm” bilan bo‘lajak bahs to‘g‘risidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

“Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Shunga qaramasdan biz yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda 3-4 ta golli vaziyatlarni sodir etdik. Lekin foydalana olmadik. Men gol urgan vaziyatda uzatma juda qulay tarzda etkazildi. “Buxoro” ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo biz ulardan ko‘ra yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 2-bo‘limda biroz bo‘shashdik. Aniqrog‘i, o‘zimda ham jismoniy holatim yaxshi emas edi. Sababi jarohatdan keyin endi tiklangandim. Faqat 3 kun mashg‘ulotlarda qatnashdim, xolos. Shunday bo‘lsa-da, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozondik va Superliga sari yana bir katta qadam tashladik.

milich1

Biz oxirigacha kurashamiz. Oldinda safarda “Xorazm” bilan o‘yinimiz turibdi. Oldingi safar yutqazib qo‘ygandik. Bu bahsda g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylayman. Shundan keyin hammasi yanada yaxshi bo‘ladi”, - deydi Milich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
12/10/2022 18:47
Яша Милич галабали голларни урабер