
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati qaerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati manzili va sanasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, chempionat dekabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan chempionatning umumiy sovrin jamg‘armasi erkaklar o‘rtasida bo‘ladigan chempionatniki kabi 2,4 million dollar qilib belgilangan. Ushbu sovrindan har bir oltin medal egasi uchun 100 ming, kumush medal uchun 50 ming va bronza uchun 25 ming ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi chempionat 26 oktyabrdan Serbiyada start oladi.
Fikrlar