
Boks. Navbatdagi O‘zbekiston - Qozog‘iston dueli yakunlandi
Bundan biroz avval Ispaniyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida hamyurtimiz To‘rabek Xabibullaevning qozog‘istonlik Daulet Tulemissovga qarshi final jangi yakunlandi.
Quvonarlisi, ushbu qarama-qarshilikda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Shu tariqa To‘rabek Xabibullaev jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Fikrlar