Boks. Yana uch nafar hamyurtimizning yarim finaldagi janglari yakunlandi

  • 15 may, 22:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Samandar Olimov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, italiyalik Mikele Baldassiga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

-70 kg vaznda Gofurjon Tohirov mezbon Tsezariy Znametsga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.

-75 kg da Fazliddin Erkinboev ochkolar evaziga Angliya vakili Kayl Shav-Tullindan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi bahslar o‘z nihoyaisiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!