"Bolonya" stadionini ta’mirlaydi. Sabab esa "Evro-2032" turniri

  • 1 noyabr, 2024, 15:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Bolonya" jamoasi o‘z uy stadioni hisoblanuvchi "Renato Dall'Ara"ni rekonstruktsiya qiladi.

Italiya klubi ta’mirlash ishlarini boshlash uchun "Webuild Group" bilan eksklyuziv hamkorlik shartnomasi imzolanganini e’lon qildi. 2027 yilning oxirigacha davom etadigan hamkorlik klub tomonidan Bolonya munitsipaliteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan yirik loyihaning bir qismidir.

Yangi stadion shaharga 2032 yilgi Evropa chempionati o‘yinlarini o‘tkazishga nomzod bo‘lish imkonini berishi kutilmoqda. Rejalashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 200 million evroga baholanmoqda.

Loyihaning bir qismi hududni qayta obodonlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Bu erda ish paytida klubning uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan kichikroq hajmdagi stadion quriladi.

"Webuild Group" allaqachon butun dunyo bo‘ylab 9 ta yirik stadionlarni, jumladan Milandagi "San-Siro" va Qatardagi "Al-Bayt" o‘yingohlarini qurgan va ta’mirlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!