“Bomba transfer”: Gvardiola “Real” yulduzini oladi

  • 7 mart, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishni davom ettiradi va “shaharliklar” hozirdan taklif etiladigan yangi ijrochilar bo‘yicha ish olib bormoqda.

Ispaniyaning nufuzli manbasi – fichajes.net saytining yozishicha, manchesterliklar maydon markazida ustunlikni ta’minlash uchun “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani tanladi. Aslida “shaharliklar” bu pozitsiyasiga Yozua Kimmixni mo‘ljallagan edi. Tajribali futbolchi “Bavariya” bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan yangi bitim tuzdi.

Shu bois, Xosep Gvardiola yangi mavsum uchun rejasiga Kamavingani kiritgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis Rodri va Kamavinga duetini tashkil qilmoqchi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” yozda Kevin de Bryuyne va Mateo Kovachich bilan xayrlashishni rejalashtirgan. Eduardo Kamavinga bu ikki o‘yinchi o‘rniga olib kelinadi.

“Real” rahbariyati frantsiyalik legioner bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Madridliklar o‘z o‘yinchini 60-70 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!