"Borussiya", PSJ va "Liverpul" "Portu" yarim himoyachisi uchun kurashmoqda

  • 7 mart, 2024, 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari orqali top klublari e’tiborini tortgan "Portu" yarim himoyachisi Alan Varela uchun jamoalar kurashni boshladi.

Insayder Santi Auna xabar berishicha, fulbekka "Liverpul", PSJ va "Borussiya" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining tovon puli esa 70 million evro hisoblanadi. 

Varela mazkur mavsum jamoasi tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi. U yozgi transferlar oynasida "Boka Xuniors"dan 8 million evroga sotib olingandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!