"Borussiya D" etakchi futbolchisining ketishiga rozilik berdi. Sababi...

  • 30.10.2024 09:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandtga joriy mavsum oxirida jamoani tark etishiga ruxsat berildi. Bu haqda Germaniyaning SportBild nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu transferga klubning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. Qayd etish kerakki, dortmundliklar Germaniya kubogi 1/16 finalida “Volfsburg” mehmoni bo‘lib, qo‘shimcha taymlarda (0:1) mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Shu sababli klub jamoa futbolchilarini sotishi mumkin.

“Borussiya” ayni damda Bundesliga turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Sakkizta o‘yindan so‘ng jamoa 13 ochko jamg‘ardi. Chempionlar ligasi umumiy bosqich jadvalida esa uchta o‘yindan so‘ng 6 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Yulian Brandt "Bayer" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2019 yildan beri "Borussiya D"da o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsum Dortmund klubi safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 40 million evroni tashkil qiladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!