"Borussiya D" Sanchoga Ispaniyadan o‘rinbosar topdi

  • 01.11.2019 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi “Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torresni sotib olishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda dortmundliklar skautlari “Valensiya” – “Sevilya” (1:1) uchrashuviga tashrif buyurishgan va 19 yoshli ispaniyalik futbolchining harakatlarini kuzatib borishgan. Ular Torresni so‘nggi paytlarda xaridori ancha ko‘payib qolgan va shu bois jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Jeydor Sanchoning o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum La Ligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!