
Boshqa zo‘r o‘yinchi chiqib qoldi: “Real” “Liverpul”yulduzidan yuz o‘girdi
“Real” 2026 yilgi transfer oynalari davomida himoya chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirib qo‘ygan. Shu paytga qadar asosiy nishon sifatida “Liverpul” markaziy himoyachisi Ibrohim Konate tilga olinayotgan edi.
“Qirollik klubi” qiziqishidan xabardor bo‘lgan frantsiyalik futbolchi “Liverpul”ning yangi hamkorlik bo‘yicha takliflarini rad etib kelmoqda.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, madridliklarning bu borada fikri o‘zgardi. “Real” mutasaddilari jamoaga “Bavariya” himoyachisi Dayo Upamekanoni chaqiradigan bo‘lyapti.
Dayoning nemis klubi bilan shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlanadi. Qizig‘i shundaki, “Real” 26 yoshli Upamekanoning sevimli klubi hisoblanadi va u yanvarbda madridliklar bilan muzokara olib borishga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar