
Braziliya terma jamoasi afsonasi: "Evropa futboliga ortiqcha baho berishadi"
Braziliyalik sobiq futbolchi Ziko hozirda AQShda bo‘lib o‘tayotgan 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Evropa jamoalarining ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Evropa futboli haddan tashqari maqtalmoqda. Bunga barham berish kerak. Futbol faqat Evropaga tegishli emas. Ular biror narsada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, darrov bahonalar boshlanadi. Ular qiyin sharoitda o‘ynashga moslashishmagan. Ishlar yurishmasa, darhol issiq ob-havo, charchoq va boshqa narsalardan shikoyat qilishadi", — deya Zikoning so‘zlarini keltirdi Globo nashri.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tkazilmoqda.
Fikrlar