
Braziliyalik jurnalist: "Irqchilik sababli Vini "Oltin to‘p"ni olmadi"
Braziliyaning "Globo e Sporte" nashrining jurnalisti va bloger hisoblangan Duglas Sesonello Vinisius Juniorga "Oltin to‘p"ning taqdim etilmaganini uning irqchilikka qarshi kurashi bilan bog‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, u mazkur sovrinda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik esa, Ispaniya milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi futbolchisi Rodriga nasib etdi.
"Viniga o‘sha kechadagi marosimida dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun "Oltin to‘p" sovrini berilmagani uni maydonda ham, maydon tashqarisida ham irqiy masalalarda doimiy ochiq pozitsiyasini bildirib kelganligi uchun sodir bo‘ldi deb o‘ylayman.
Bu vaziyat Vinini yaqqol jazolashga urinishning yana bir ko‘rinishidir", - deb yozadi jurnalist Duglas Ceconello.
Fikrlar