
Bruno Fernandesh bu borada birinchi bo‘ldi
"CIES Football" xalqaro sport tadqiqotlari markazi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi beshta hujumkor yarim himoyachi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘z pozitsiyasida eng yaxshi futbolchi - "Manchester Yunayted"dan Bruno Fernandesh. Ikkinchi o‘rinni Federiko Valverde (“Real”) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Ilkay Gyundogan (“Barselona”) yakun yasadi.
"Manchester Siti"ning ikki futbolchisi kuchli beshlikdan joy oldi: Bernardu Silva va Xulian Alvares. Joriy mavsumda 29 yoshli Bruno barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar