
Bu futbolchi kelsa, Ronalduning mashhurligi “sinadi”!
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Xose Enrike jamoa etakchisi Muhammad Salohning Saudiya Arabistoniga ketishi mumkinligi bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Muhammad Saloh uch yil avvalgi darajadagi o‘yinchi emas. Hozir ham gol mashinasi vazifasini bajarayotgan bo‘lsa-da, raqib himoyachilariga unga qarshi o‘ynash ancha osonlashib qoldi.
“Liverpul” rahbariyati o‘rnida bo‘lganimda yaxshi taklif, masalan 100 million funt atrofidagi chorlovni qabul qilgan bo‘ladi. Saudiya Arabistoniga transfer shuncha pul olib kelishi mumkin.
“Liverpul” muxlislari bu fikrimni qabul qilmaydi, chunki ular Muhamad Salohni juda yaxshi ko‘radi. Lekin ba’zan vaziyatni to‘hri baholash kerak.
Agar Saloh Saudiya Arabistoniga ko‘chib shtsa, Krishtianu Ronalduning mashhurligi “sinadi”.
O‘tgan yili Saudiyadan chorlov bo‘lgandi. Odatda, klublar futbolchilar bilan shaxsiy shartlarni kelishib bo‘lganidan keyingina taklif bilan chiqadi. Shunday ekan, Salohning o‘zi ham transferga tayyor, - dedi Xose Enrike.
Fikrlar