
Bu futbolchining bir o‘zi “Real” yulduzlari o‘rnini bosadi
“Real” rahbariyati maydon markazini ushlab turgan Luka Modrich va Toni Kroos bilan kelishuvni bir yilga uzaytiradigan bo‘ldi. Har ikki yarim himoyachining yosho‘i o‘tib qolayotgani bois madridliklar ular o‘rnini bosa oladigan yangi ijrochi topishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” bu pozitsiyasiga Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” o‘yinchisi Yozua Kimmixni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Mutaxassislar 28 yoshli futbolchi o‘z o‘yin uslubi bilan Modrich va Kroos o‘rnini to‘liq bosa olishini ta’kidlayapti.
Kimmixning myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Bu o‘yinchini olish uchun 80 million evro atrofida xarajat qilish kerak.
Fikrlar