
Bu futbolchining o‘yini mashhur Ronaldoni eslatib yubormoqda
“Real” va Rossiya terma jamoalarini boshqargan Fabio Kapello “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Xoland braziliyalik Ronaldoni yodimga solmoqda.Erlingning tempi va harakat tezligi mashhur hujumchinikiga juda o‘xshaydi. Norvegiyalik futolchining jismoniy ko‘rsatkichlari ham yuqori darajada. Boshida unga shubha bilan qarardim, hozir esa u meni hayratga solyapti, - dedi Fabio Kapello.
Erling Xoland joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda 29 ta gol urib, ettita golli pas uzatdi.
Fikrlar