Bu ikki futbolchi kelsa, raqibga qiyin bo‘ladi

  • 9 iyun, 2024, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” kelasi mavsum oldidan tarkibini hujumkor futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.

“Aristokratlar” odatdagidek o‘zlariga yoqqan o‘yinchi uchun mablag‘ni ayamaydi.

Bu gal londonliklar ikki hujumkor futbolchi – Maykl Olise (“Kristal Pelas”) va Benyamin Sheshko (“Leyptsig”) kabi yangi ijrochilarni nishonga oldi.

Express Sport nashriga ko‘ra, klub xo‘jayinlari ularning har ikkisini tarkibga qo‘shib olmoqchi. Hujum qilishni yaxshi ko‘radigan bu charm to‘p ustalari uchun “Chelsi” 115 million funtdan voz kechishga tayyor.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 21 yoshli Sheshko 55 million funtga baholanmoqda. Olisening transfer narxi 60 million funtni tashkil qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!