
Bu jamoada Ronaldudan zo‘r sakkizta o‘yinchi to‘p tepgan
Buyuk Britaniyaning nufuzli FourFourTwo nashri “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yaxshi o‘nta transfer reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, kuchli uchlikka kiritilgan transferlarning barchasi o‘tgan asrda amalga oshirilgan. Reytingdan o‘rin olgan o‘yinchilardan faqatgina Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini davom ettirmoqda.
Reyting bilan tanishing:
- Brayan Robson, “Vest Bromvich”dan, 1981 yil.
- Denis Lou, “Torino”dan, 1962 yil.
- Erik Kantona, “Lids”dan, 1992 yil.
- Ueyn Runi, “Everton”dan, 2004 yil.
- Peter Shmeyxel, “Brondbyu”dan, 1991 yil.
- Roy Kin, “Nottingem Forest”dan, 1993 yil.
- Rio Ferdinand, “Lids”dan, 2002 yil.
- Krishtianu Ronaldu, “Sporting”dan, 2003 yil.
- Rud van Nistelroy, “PSV Eyndxoven”dan, 2001 yil.
- Denis Irvin, “Oldxem”dan, 1990 yil.
Fikrlar