
Bu klub Shomurodovdan voz kechgani yo‘q!
“Roma” uchun muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumdan keyin ushbu klubning ko‘plab o‘yinchilariga boshqa klublardan jiddiy takliflar kelib tushmoqda.
“Roma”dagi debyut mavsumida beshta gol va oltita assist qayd etgan Eldor Shomurodov ham bundan mustasno emas. Legionerimizga butun mavsum davomida Italiya, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya va Turkiya klublaridan chorlov bo‘lgani haqidagi xabarlarning keti uzilgani yo‘q.
Italiyaning https://footballnews24.it nashri Turkiya Superligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan “Galatasaroy” Shomurodovni olish fikridan qaytmagani haqida ma’lumot tarqatdi.
Ushbu mashhur klub bosh murabbiyi Okan Buruk Shomurodovdan asosiy hujumchilardan biri sifatida foydalanmoqchi ekani aytilmoqda.
“Galatasaroy” rimliklardan o‘zbek futbolchisini ijaraga berishni so‘rayapti. Bu variant “Roma” uchun ham maqbul hisoblanadi. Chunki Joze Mourino talabiga ko‘ra, klub Shomurodov transferi uchun 18 million evro sarflagan.
Hozir esa, hujumchimizning narxi ancha pasaygan va 8 million evroni tashkil qilmoqda. “Roma” Shomurodovni zarariga sotmaydi va ijarada o‘ynab, yana narxi ko‘tarilishini kutadi.
Eldorga muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish muhim. “Roma”da bunga erishish qiyin. Mourino faqat Temmi Abraxamga ishonch bildiryapti. Bundan tashqari, Mourino angliyalik to‘purar bilan elkama-elka o‘ynaydigan boshqa hujumchi olib kelishni talab qilmoqda.
“Roma” kutgan o‘yinchining narxi tushdi
Joze Mourino “Sassuolo”da o‘ynayotgan Rim klubi tarbiyalanuvchisi Davide Frattezini ortga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Sassuololiklar o‘z etakchisini 35 million evroga baholayotgan edi. Keyinchalik klub mutasaddilari bu summani 27 million evroga tushirdi.
“Roma” futbolchini 20 million evroga baholamoqda. Bundan tashqari, rimliklarda o‘z tarbiyalanuvchisining keyingi transferidan 30 foiz ulush bor.
Demak, Frattezi jamoasini alishtirishga ko‘nsa, bo‘lajak transferdan Rim klubiga ulush oladi. Agar Davideni “Roma”ning o‘zi sotib oladigan bo‘lsa, transferga 30 foiz kam to‘laydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘yinchi “bo‘rilar”ga 23-24 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘shilishi mumkin.
Bundan tashqari, “Sassuolo” sport direktori Karnevali rimliklarni transferga Edoado Boveni qo‘shish so‘rayapti. Mourino esa, bu o‘yinchini jamoada qolishini ta’kidlagan. Uning o‘rniga Volpato yoki Feliksni olishni taklif qilyapti.
“Roma” frantsuzlarga o‘yinchi jo‘natdi
“Roma”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Ebrima Darbo faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, iste’dodli futbolchi ijara asosida “Lill” sharafini himoya qiladi. Kuni kecha bu klubga bosh murabbiy etib Paulu Fonseka tayinlandi. Portugaliyalik mutaxassis Mourinodan oldin “Roma”ni boshqargan edi.
Darboning transferida aynan uning qo‘li bor. Gvineyalik futbolchi tez orada Frantsiyaga jo‘nab ketadi.
“Lill” mavsum oxirida Ebrima Darboning transfer huquqini sotib olish imkoniga ham ega bo‘ladi.
Darbo o‘tgan mavsum atigi beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas uzatdi xolos.
O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!
Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!
Shomurodovni "Roma"dagi do‘sti bilan boshqa superklubda kutishyapti!
Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!
Fikrlar