Bu musobaqada "Real" "Barselona"dan ancha ortda qolib ketgan!

  • 15 yanvar, 2021, 20:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Ispaniya super kubogi borasidagi eng qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tadi

Tecno

Jamoalar

xach1

13 ta superkubokni "Barselona" o‘z foydasiga hal etgan. Ushbu musobaqadagi ilk g‘alabasini Kataloniya jamoasi 1983 yilda qo‘lga kiritgan. So‘nggi bor esa, 2018 yilda "Barsa"ga teng keladigan jamoa Ispaniyada topilmagan.  Sovrinlar soni bo‘yicha ulardan keyingi o‘rinda "Real" Madrid bormoqda. "Deportivo" hisobida 3 ta chempionlik mavjud. "Atletiko" va "Atletik"da bu ko‘rsatkich ikkitaga teng. "Real Sosedad", "Saragosa" va "Malorka" klublari bir martadan shohsupaga ko‘tarilgan.

xach4

Finallarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan jamoa ham "Barselona" sanaladi. Klub naqd 10 bor hal qiluvchi uchrashuvni boy bergan. "Real" va "Atletiko" esa, 5 tadan finalda uyga quruq ravona bo‘lan. "Deportivo" va "Real Sosedad" finallarda mag‘lub bo‘lmagan kam sonli jamoalar sirasiga kiradi. "Espanol" esa, ikkita finalda ishtirok etgan va ularning barchasini omadsiz yakunlagan.

G‘oliblar va Messi

xach5

7 ta superkubokni Leo Messi qo‘lga kiritgan. Undan keyingi o‘rinlarda Pike va Buskets bormoqda. "Barselona"ning bu futbolchilari hisobida 6 tadan sovrin mavjud.

10 ta finalda to‘p surish faqat Leo Messiga nasib etgan. E’tiborlisi shundaki, undan keyingi o‘rinlarda Buskets va Pike bormoqda. Ularda bu son 9 taga teng.

Ushbu musobaqa doirasidagi 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan Messi mutlaq etakchi. Argentinalik futbolchi bu turnirda naqd 1516 daqiqa to‘p surgan. Undan keyingi o‘rinlarni o‘z-o‘zidan Buskets (1215) va Jerar Pike (1199) egallab turibdi.

xach7

To‘purarlar borasida ham Leoga teng keladigani yo‘q. "Barselona" sardori musobaqa davomida naqd 14 ta gol kiritgan. U ushbu gollarining yarmini final o‘yinlarida urgan. Undan keyingi o‘rinda 7 ta gol bilan Raul bormoqda. Ispaniyalik afsona 12 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eng yosh va eng qariya futbolchilar

17 yosh-u 2 oylik chog‘ida Ansu Fati "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va mutlaq rekord o‘rnatdi. O‘tgan yilgi o‘yinda Fati 21 yil davomida "Barselona"ning boshqa bir futbolchisi o‘rnatgan rekordni yangiladi. Nano 17 yosh-u 3 oylik chog‘ida musobaqada to‘p surgan eng yosh futbolchiga aylangan edi. E’tiborlisi shundaki, kuchli uchlikni ham "ko‘k-anorranglilar" futbolchisi yakunlab qo‘yadi. "Real Sosedad"ga qarshi o‘tgan bahsda Pedri 18 yosh-u 1 oylik edi. Aynan shu ko‘rsatkich uchinchi o‘rinda turibdi.

xach

39 yosh-u 2 oylik chog‘ida Amadeo Karboni "Valensiya" safida musobaqada ishtirok etadi. Italiyalik futbolchi "ko‘rshapalaklar" safiga 32 yoshida tashrif buyuradi va 41 yoshga qadar jamoa sharafini munosib himoya qiladi. U Kuper va Rafa Benites davrida "Valensiya"ning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan va ko‘plab sovrinlarni o‘ziniki qilib olgan.

34 yosh-u 6 oylik chog‘ida Ispaniya superkubogida gol kiritgan Arits Aduris ham tarixdan o‘rin egallagan. U turnirda gol kiritishni uddalagan eng yoshi katta futbolchi sanaladi.

aduris

Musobaqadagi eng omadli murabbiylar

xach3

Bu borada ham "Barselona" vakillari boshqalardan bir qadam oldinda. Afsonaviy Yoxan Kroyf va Pep Gvardiola 3 tadan sovrinni boshi uzra baland ko‘targan. Kroyf 3 ta g‘alaba qozonish uchun 6 ta finalda qatnashgan. Ulardan keyingi o‘rinda Zidan bormoqda.

xach6

Shu kunga qadar, faqat ikkita murabbiygina turli jamoalar bilan turnirda g‘alaba qozonishni uddalagan.

xach2

Ulardan biri o‘zbek muxlislari uchun yaxshi tanish bolgan Ektor Kuper bo‘lsa, ikkinchisi Ernesto Valverde sanaladi. Kuper avvaliga "Malorka", keyin "Valensiya" bilan bu tryukni amalga oshirgan. Undan keyin Valverde "Atletik" Bilbao va "Barselona" bilan chempion bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!