
Bu o‘yinchini “Real”ga olmaymiz!
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” yozgi transferlar vaqtida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchilar oladi.
Madridliklar “Tottenxem”da o‘ynayotgan Pedro Porroni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.
Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, London klubi 25 yoshli himoyachi uchun belgilagan narx ispan klubiga yoqmagan. “Real” 70 million evro Porro uchun qimmat, deb hisoblamoqda va o‘yinchi uchun kurashdan chiqdi.
Endi “Qirollik klubi” bor e’tiborini “Liverpul” vakili Trent Aleksander Arnoldga qaratadi. Chunki angliyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi va uni jamoaga bepul qo‘shib olish mumkin.
Fikrlar