
Bu "Real" va "Barselona"ni havotirga solmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning sog‘lig‘i "Real" va "Barselona"ni xavotirga solmoqda.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, norvegiyalik yulduzga da’vogar ikkala klub ham uning joriy mavsumdagi tez-tez jarohat olish sabablarini bilmoqchi. 21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda mushaklaridan uch marta jarohat oldi va 14 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, Xolandning "Borussiya"dagi statistikasi ajoyib. U 2 yil ichida 79 ta o‘yinda maydonga tushdi 80 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar