"Bu safar jamoaga ko‘p narsa etishmadi" - Mirko Elichich "Olimpik"ning mag‘lubiyati haqida

  • 3 iyun, 00:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 7-turida Toshkentning "Olimpik" klubi "Jayxun" jamoasini qabul qildi.

Tecno

Ushbu bellashuvda Mirko Elichich boshqaruvidagi "Olimpik" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va natijada turnir jadvalida o‘zidan pastki qatorda bo‘lgan raqibini oldinga o‘tkazib yubordi. "Olimpik" esa musobaqa jadvalida 6 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Ko‘rinib turibdiki, "Olimpik" jamoasining pro ligadagi natijalari u qadar yaxshi emas. Balki bunday muvaffaqiyatsizliklar vaqtinchalik bo‘lishi ham mumkin. Lekin hozirgi paytda jamoa tezroq kichik inqirozdan chiqib ketishi kerak.  

Bosh murabbiyi Mirko Elichich esa "Olimpik" - "Jayxun" o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

- Albatta, o‘yindan unchalik mamnun emasman. Bahsni tahlil qilish kerak. Bizga nimadir etishmadi. Raqib juda yaxshi harakat qildi. Ular doimo maksimal harakat qilishadi. Ularning ko‘rsatgan o‘yini e’tirofga loyiq. Bizga shu narsa etishmadi. 

- Raqib juda katta ishtiyoq bilan o‘ynadi, ammo bu sizning jamoangizda unchalik ham ko‘rinmadi.

- Ha, ba’zida o‘yinchilarda ishtiyoq etarli bo‘lmaslik holatlari bo‘lib turadi. Ammo siz professional sifatida har o‘yinga maksimum ishtiyoq bilan chiqishingiz kerak. Mehnat qilishga tayyor bo‘lishingiz lozim. Bu safar jamoaga ko‘p narsa etishmadi.

- Hozirda jamoada ko‘plab yo‘qotishlar bor. Bundan tashqari, keyingi o‘yinda Muhammadyusuf Fayzullavning xizmatlaridan foydalana olmaysiz, shuningdek terma jamoaga yo‘l olgan Saddam Ahmadov bor. 

- Albatta, boshqa futbolchilarga imkon beramiz. Ayrim o‘yinchilar maydonga tushishmayapti. Ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkon beriladi. Buni tahlil qilib ko‘ramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!