
Bu yilgi "Oltin to‘p"ni kim oladi? Gyundogan javob berdi
Joriy yozgi transferlar davrida "Manchester Siti"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Ilkay Gyundogan bu yilgi "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogarlar nomini aytdi.
"Oltin to‘p"ni Lionel Messi yoki Erling Xoland olishi kerak. Boshqa nomzodlarni ko‘rmayapman. Ulardan birini tanlashim shart emasligidan xursandman. Ularning ikkalasi ham bu mukofotga loyiq”, - dedi germaniyalik futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqandi. O‘z navbatida Xoland "Manchester Siti" bilan trebl qayd etdi. “Shaharliklar” Premer-liga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdi.
Fikrlar