
Bugun 18-Osiyo kubogiga start beriladi
Har to‘rt yild bir o‘tkaziladigan Osiyo kubogiga bugun start beriladi. Dastlabki bahs Qatar va Livan o‘rtasida "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv esa Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, turnirLa Qatar amaldagi chempion sifatida ishtirok etmoqda. Aynan musobaqa ham ushbu davlatda bo‘lib o‘tyapti. Aslida Xitoyda bo‘lishi rejalashtirilgan chempionat 2022 yilning 17 oktyabrida OFK tomonidan Qatarda bo‘lib o‘tilishi e’lon qilindi. Shuningdek, sanalar ham o‘zgartirildi. Endi Osiyo kubogi yozda emas, balki 12 yanvardan 10 fevralgacha davom etadi.
Jamoalar:
Ushbu turnirda qo‘shnilarimiz Tojikiston debyut qilmoqda, Gongkong esa 56 yil deganda yana qaytdi, Indoneziya va Malayziya bo‘lsa 2007 yildan keyin birinchi bor Osiyo kubogida qatnashmoqda. Yaponiya eng ko‘p turnirda g‘olib chiqqan jamoa. "Ko‘k samuraylar" 4 bora sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Eron va Saudiya Arabistoni 3 bor chempionatda zafar quchgan. 2019 yilda Qatar o‘z tarixida ilk bor Osiyo kubogini yutdi.
Stadionlar:
"Al-Bayt" - 68 895
"Lusail" - 88 966
"Halifa" 45 857
"Ahmad bin Ali" - 45 032
"Ta’lim" - 44 667
"Al-Tumama" - 44 400
"Al-Janub" - 44 325
"Jasim bin Hamad" - 15 000
"Abdulloh bin Halifa" -10 000
O‘zbekiston terma jamoasi:
O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi o‘ynaydi. Yakuniy qaydnoma e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov va Husniddin Aliqulovlar ushbu turnirni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.
Vakillarimiz guruhdagi o‘yinlarini (Suriga qarshi) "Jasim bin Hamad", (Hindistonga qarshi) "Ahmad bin Ali" va (Avstraliyaga qarshi) "Al-Janub" stadionlarida o‘tkazadi.
Shu paytgacha eng yaxshi natijamiz bu 4-o‘rindir. 2011 yilda aynan Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda Vadim Abramov shogirdlari yarim finalgacha etib borib, Avstraliyaga yirik 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 3-o‘rin uchun o‘yinda esa Janubiy Koreya 2:3 hisobida zafar quchgandi.
Translyatsiyas:
Osiyo kubogi translyatsiyasini 80 dan ortiq davlat sotib olgan. Shuningdek, o‘yinlarni O‘zbekistondan MTRK namoyish qiladi.
Fikrlar