
Bugun 2 nafar dzyudochimiz ilk bosqichdayoq Olimpiada bilan xayrlashdi
Bugun ikki nafar hamyurtimiz - Sardor Nurilloev (-66 kg) hamda Diyora Keldiyorova (-52 kg) 1/16 bosqichda tatamiga chiqishi kerak edi.
Ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova ilk bosqichda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida kurashga kirishgan Sardor Nurillaev 1/16 bosqichda moldovalik Denis Vieruga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashda mag‘lub bo‘lgan va Olimpiadani tark etgan edi.
Ma’lumot uchun, dzyudochilarimizni oldinda jamoaviy bellashuvlar ham kutib turibdi.
Fikrlar