
Bugun 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Raqiblardan biri qozog‘istonlik!
30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog‘istonning Ostana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi.
Bugungi janglar ro‘yxatidan 3 nafar bokschimizning uchrashuvlari o‘rin olgan.
-54 kg: Feruza Kazakova - Anel Sakish (Qozog‘iston);
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Vu Shi-Yi (Xitoy Taypeyi);
-75 kg: Aziza Zokirova - Olivia Toborek (Polsha);
Bahslar ikki dasturda Toshkent vaqti bilan 14:00 va 19:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar