
Bugun Dmitriy Bivol va Xilberto Ramires jangi bo‘lib o‘tadi
Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida (79,3 kg) WBA chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol (20-0, 11 KO) o‘z kamarini meksikalik Xilberto Ramiresdan (44-0, 30 KO) himoya qiladi. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan "Etihad Arena"da bo‘lib o‘tuvchi boks oqshomi tungi soat 2:00 dan boshlab Rossiyaning "Pervyy" kanali orqali efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Bivol o‘zining oxirgi jangida Saul Alvaresni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi. Xilberto Ramires esa Dominik Boeselni muddatidan oldin taslim etgan.
Fikrlar