
Bugun Farg‘onaning qaysi jamoasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi?
Bugun Farg‘onada katta futbol bayrami! Boisi, bugun viloyatning Pro-ligada peshqadamlik qilayotgan ikki jamoasi – “Neftchi” va “Turon” o‘zaro bahs olib boradi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu derbi g‘olibi Superliga yo‘llanmasini naqd qiladi. “Neftchi” – “Turon” uchrashuvi 14:00 da Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida boshlanadi. O‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 19 turdan so‘ng “Neftchi” 37 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Hisobida 35 ochko bo‘lgan “Turon” 2-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar