Bugun Husanov va Rahmonaliev Chempionlar ligasidagi raqiblarini bilib oladi

  • 27.08.2026 08:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026/27 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Bu mavsum musobaqada jami 36 ta klub maydonga tushadi. Ularning qur’a uchun savatlarga taqsimoti quyidagicha shakllandi:

– 1-savat: «PSJ», «Bavariya», «Real», «Liverpul», «Inter», «Manchester Siti», «Arsenal», «Barselona», «Atletiko»;

– 2-savat: «Borussiya» (Dortmund), «Roma», «Sporting», «Aston Villa», «Portu», «Manchester Yunayted», «Bryugge», «Betis», PSV;

– 3-savat: «Feyenoord», «Lill», «Bude-Glimt», «Napoli», «Leyptsig», «Vilyarreal», «Fenerbaxche», «Shaxtyor», «Galatasaray»;

– 4-savat: «Slaviya» (Praga), «Shtutgart», AEK (Afina), LASK, «Komo», «Lans», «Viking», «Sabah», «Slovan» (Bratislava).

Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!