Bugun ikki nafar prof bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Bahslarni qanday tomosha qilish mumkin? (havola)

  • 30 iyul, 2022, 09:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun ikki nafar hamyurtlarimiz Abdulaziz Najmiddinov va Olimjon Nazarov navbatdagi jangini Vietnamning Vung Tau shahrida "Cocky Buffalo" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Super yarim engil vazn toifasidagi (58,9 kg) Abdulaziz Najmiddinov (9-0, 7KO) ushbu kechada Indoneziya vakili Rivo Kundimangga (9-3-2, 5KO) qarshi jang o‘tkazsa, o‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) WBO Oriental kamarini filippinlik Benvedino Ligasdan (14-2-2, 9KO) himoya qiladi.
Mazkur jang kechasini Toshkent vaqti bilan 15:30 dan boshlab quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.

BOKS OQShOMI UChUN LINK 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!