
Bugun Jaloliddin Masharipov "Nasaf"ning bo‘lajak raqibini sinovdan o‘tkazadi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 26-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" jamoasi o‘z maydonida turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "Al-Shabab"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:50da start oladi.
Bilasiz, "Al-Shabab" Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalida Qarshining "Nasaf" klubiga raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, riyodliklar 48 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi "Al-Shabab" hisobida esa 47 ochko mavjud.
Fikrlar