Бугун Муроджон Аҳмадалиевга қандай автомобил совға қилинади? (Фото)

  • 3 февраль, 2020, 12:11
  • 6
  • Бокс

Ҳамюртимиз Муроджон Аҳмдалиев 31 январь куни АҚШнинг Майами шаҳрида ўзининг навбатдаги жангини ўтказди.

Аҳмадалиев WBА ва IBF камарлари учун мезбонлар вакили Даниэль Романга қарши рингга кўтарилди. 12 раунд давом этган жанг якунида ҳакамлар юртдошимизнинг ғалабасини (115:113, 113:115, 113:115) эътироф этишди.

Шу тариқа, 19 жанг давомида мағлубият нималигини билмаган Романнинг камарлари эндиликда Аҳмадалиевга тегишли бўлади.

Бугун боксчимиз юртимизга қайтиб келди. Унга ушбу муваффақият учун ҳамюртимизга Президент совғаси сифатида “Tracker” автомобили тақдим этилади.

photo_2020-02-03_11-18-16

Маълумот ўрнида, айни пайтда Олимпия шон-шуҳрати музейида Муроджон Аҳмадалиевни тақдирлаш маросими бўлиб ўтмоқда.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!
Vohid Shabaev
03/02/2020 12:40
Муроджон, Футбол буйича Узбекистон МТЖ аьзоларига хам кандай галаба козонишни ургатиб куй.Яша Узбек углони!
Dilshod Muratov
03/02/2020 15:34
Exxx manam yoshlikda sportni tanlasam bularkan.
Mana bittada uy va mashina tayyor
Zoirjon Ajimuratov
05/02/2020 18:35
Футболдан туйиб турган узбек мухлисларини сал булса хам кунглига малхам булдингиз буни учун сизга чукур минатдорчилик билдираман. Камарларини ва совринлар сизга ярашади . Офарин
&
Yosh murabbiy
04/02/2020 22:22
Agar bitta jangda ikkita yoʼnalishta jaxon
Chempioni boʼlish mumkin boʼlsa

Va 3-xonali uy qimmat moshina va unvon beradigan boʼlsa

Men xam jaxon chempioni degan nomga erishmoqchiman va xozirgi yangi jaxon chempioni murodjon ahmadaliyevni bir xavaskor bokschi isfatida duelga chaqiraman

Oddiy va kambagʼal kamtaminlangan ijtimoiy qoʼllab quvvatlashka muxtoj oylalar va uyga muxtoj fuqarolarga yordam berish oʼrniga
Bitta jang uchun xalqni bir milyart pulini osongina topshirib tagʼin inson manfati xamma narsadan ustun deyishadi

Sportni pul topishni oson yoʼli qilib olishti

Murodjon ahmadaliyev agarda mard boʼlsanggiz
Xalqni pulini qaytaring

Uyat xam kerak bitta jang uchun bir milyart xalqni pulini xursand boʼlib oldingiz A men sizni judayam xurmat qilar dim endi bilsam xurmad qilishka arzimas ekansiz

Mard boʼlsangiz men bilan ringga chiqing oʼshanda koʼramiz kim chempion boʼlarkin
Бахтиер Бобоев
03/02/2020 16:34
Хар Бир фудболчини огзига туфла Санга ухшаб чемпион булсин
&
Admiral_uz
03/02/2020 22:37
Buyuk sarkardaning munosib avlodlari...

Birinchi. Munosib avlodlar
Buyuk bobomiz va bobokalonimiz
Sohib Qiron Amir Temur,
butun dunyoning menman degan kuchlilarini oyog'idan tortib boshigacha dir-dir titratgan,

O'zbek millatini barchaga tanitgan, qudratli mamlakatni tuzgan, o'z askarlari qoniga doimo g'alaba qozonish genini singdirgan,

Shunday ajdodimizning munosib avlodlari hozirgi kundagi butun O'zbek xalqi faxrlanib kelayotgan bizning boks yulduzlarimiz,

Ular O'zbekiston aslida qanday qudratga ega ekanligini, farzandlari navqiron, qo'rqmas, botir, kuchli va yengilmas ekanligini butun dunyoga ko'rsatib kelyapti, bundan keyin ham ko'rsatishiga barchamiz shak shubhasiz ishonamiz, ishonishda davom etamiz barchamiz bokschilarimiz bilan faxrlanamiz
chunki ular O'zbekiston farzandlari,
chunki ular Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk bobolarining munosib vorislari...