Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «JIZZAKH WOMEN CUP 2019» musobaqasida ishtirokini boshlaydi
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi «JIZZAKH WOMEN CUP 2019» xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik. Kecha musobaqaning dastlabki kunida "So‘g‘diyona-W" jamoasi Qirg‘iziston U-19 terma jamoasi 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qozog‘istonning "Biik" klubi esa "AGMK-W" jamoasini 5:0 hisobida taslim etdi.
Bugun O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Qirg‘iziston U-19 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin soat 16:00da boshlanadi. «So‘g‘diyona-W» esa ayni paytda "AGMK-W" bilan kuch sinashmoqda.
17 MART
"So‘g‘diyona-W - "Qirg‘iziston-19" 5-1
"Biik" Qozog‘iston - "AGMK- W" 5-0
18 MART
10:00 «So‘g‘diyona-W» - AGMK-W
16:00 O‘zbekiston ayollar OTJ– Qirg‘iziston U-19
Fikrlar