
Bugun "Sport" telekanalida "Mo‘minjonov ishi" va "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi jonli efirda muhokama qilinadi
Bugun 8 aprel kuni soat 19:00da "Sport TV" telekanalida "Bizning futbol" deb nomlangan ko‘rsatuv jonli efirda namoyish etiladi.
O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu ko‘rsatuvda bugun so‘nggi paytlarda futbol jamoatchiligi orasida ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzular haqida so‘z boradi. Jumladan, "Navbahor" sobiq bosh murabbiyiga taalluqli "Mo‘minjonov ishi" va Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidagi hakamlar harakatlari tahlil qilinadi. Ko‘rsatuvda O‘FA vakillari ham ishtirok etishadi.
Fikrlar
©fcnasafajdarlari