Islom Ismoilov: "Bizga og‘ir ta'sir qildi, sababi..."
Superliganing 4-turida ham “Neftchi” gʻolibona yurishini davom ettiryapti. Bu safar Fargʻonada “Lokomotiv”ga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda maydon egalari 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyindan keyin “Neftchi” ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Ramazon hayit bayrami bilan va Navroʻz bayrami bilan ham tabriklayman. Oʻyin yuqori shiddatda oʻtdi, bu oldindan maʼlum edi. Odatda jamoa qandaydir sovrinni qoʻlga kiritganidan keyingi uchrashuv juda ogʻir boʻladi. Eng qiyin narsa – bu emotsiyalardan keyin tiklanishi. Bu uchrashuvda ushbu holat oʻz soʻzini aytdi. Jamoa ogʻir oʻyin oʻtkazdi. Biroq “Lokomotiv”ni ham alohida eʼtirof etish kerak. Klub bejizga yuqori oʻrinlarda ketmayapti. Ajoyib oʻyin oʻtkazishdi. Bellashuv stadionga kelgan muxlislarga manzur boʻldi, deb oʻylayman. Shu bilan birga stadionda bizni qoʻllagan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchiligimni bildirman.
- 4 ta oʻyinda 1 ta gol oʻtkazib yuborildi. Kam gol oʻtkazish – bu taktika bilan bogʻliqmi yoki darvozabonlar zoʻr ishlayaptimi?
- Ikkalasiga ham bogʻliq. Oʻtkazilgan bitta gol ham penaltiidan boʻldi, oʻyin holatidan emas. Bizga ogʻir taʼsir qildi. Sababi, bu narsani uzoqroqka olib bormoqchi edik. Bu qachondir boʻlishi kerak edi, bugun sodir boʻldi. Maqsadimiz, himoyamizni raqib darvozasi oldida qurish. Kўproq pressing va kўproq oldinda harakatlanganimizning hisobiga darvozamiz oldida xavf kamroq bоlyapti. Ha, himoyachilar ham yuqori saviyada harakat qilishyapti. Ayniqsa, jamoa sardori va uning yonidagi futbolchilar aʼlo darajada harakat qilishyapti. Jamoa himoyada ham zichlikni hosil qila olyapti. Shuning uchun oldinda kўproq gollar uryapmiz va himoyada kamroq oʻtkazyapmiz.
- Asosiy tarkibda amalga oshirilgan rotatsiya oʻzini qanchalik oqiladi?
- Rotatsiya 100 foiz oʻzini oqiladi, deb ayta olaman. Birinchi taymda ham golgacha ajoyib oʻyin oʻtkazdik. Faqat goldan soʻng jamoa ozgina boʻshashdi. Istaymizmi-yoʻqmi, raqib ham maydonda futbol oʻynadi. Ular ham yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda tўp surgan futbolchilarni asosiy vazifasi kўproq bosim uyushtirib, raqibni imkoniyatlarini pasaytirish, ikkinchi taymni 60-daqiqasidan keyin ustunlikni qoʻlga olishimiz uchun birinchi taymda harakat qilgan oʻyinchilarni oʻrni katta boʻldi.

Fikrlar