Bugun "Stranja" turnirida 6 nafar bokschimiz ringa ko‘tariladi

  • 25 fevral, 2021, 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bolgariyada an’anaviy “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugun, turnirning to‘rtinchi kuni boshlandi. Tabiiyki, bugun o‘zbekistonlik bokschilar ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.

Musobaqaning bugungi kun dasturidan 6 nafar hamyurtimizning ishtiroki o‘rin olgan.

+91 kg Bahodir Jalolov – Berat Akar (Turkiya)

-60 kg Rayhona Qodirova – Mira Potkonen (Finlandiya)

- 69 kg: Navbahor Hamidova - Ani Xovsepyan (Armaniston)

-51 kg Tursunoy Rahimova – Angelina Lukas (Qozog‘iston)

- 52 kg Shahobiddin Zoirov – Entoni Errera (AQSh)

- 57 kg Mirazizbek Mirzahalilov – Xaver Ibanes (Bolgariya)

Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan start oladi. Shuningdek, 21:00 da ham yurtdoshlarimizning janglari o‘rin olgan. Ushbu turnirni Bolgariya boks federatsiyasiningYoutube kanali orqali “A” va “B” ringlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!