Bugundan Italiyada tur uchrashuvlari boshlanmoqda. "Roma" qachon va qaysi jamoa bilan o‘ynaydi?

  • 21.12.2021 16:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

21-22 dekabr kuni Italiya chempionatida 19-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugun kun doirasidan 3 ta o‘yin o‘rin olgan.

Biz uchun ahamiyatlisi ertaga o‘tkaziladi. "Roma" o‘z uyida "Sampdoriya"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Rimliklar 18-turdan so‘ng 31 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. "Sampdoriya" esa shuncha uchrashuvda 19 ochko jamg‘argan holda 15-pog‘onani band etgan.

Quyida Italiya chempionati 19-tur uchrashuvlari (o‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan) bilan tanishing:

A Seriya, 19-tur

21 dekabr

22:30. Udineze - Salernitana

00:45. Jenoa - Atalanta

00:45. Yuventus - Kalyari

22 dekabr

20:30. Venetsiya - Latsio

20:30. Sassuolo - Bolonya

22:30. Inter - Torino

22:30. Roma - Sampdoriya

22:30. Verona - Fiorentina

00:45. Napoli - Spetsiya

00:45. Empoli - Milan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!