Bunaqa futbolchilar menga kerak emas - Baxtiyor Hamidullaev ishtirokida matbuot anjumani!

  • 27 oktabr, 2020, 17:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Soca-Cola Superliganing 21-turidan o‘rin olgan  “Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvidan (0:0) keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev ishtirok etib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

- Bugun juda og‘ir o‘yin kechdi. Ushbu bellashuvda qanaqasiga bo‘lsa ham yutishimiz shart edi. Hali ham o‘tgan turdagi yirik hisobdagi mag‘lubiyatning ta’siri futbolchilarda bilinib turdi. Shu sababli bugun gol urish uchun deyarli imkoniyatga ham ega bo‘la olmadik. “Bunyodkor”ga qarshi bahsni hisobga olmaganda, undan avvalgi uchrashuvlardagi harakatlarini ko‘rsata olishmadi.

- Bugun g‘alaba qozonish uchun jamoaning kuchi va harakati etmadi. Shuni inobatga olganda, bugungi durangdan qoniqdingizmi?

- Yo‘q. Bu chempionatimizdagi oxirgi uy o‘yinimiz edi. Shuning uchun albatta g‘alaba qozonishimiz shart edi. Afsusuki, o‘yinchilarimizda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va shijoatni ko‘rmadim.

- Maydon markazida o‘yin yaxshi chiqmayotganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- O‘rtada Abdulloh Olimovni ham ko‘ryapmiz. Lekin u hali jarohatidan to‘liq sog‘aymagan. Doniyor Abdumannopov esa belidan jarohat olgandi va u ham safdan chiqdi. O‘tgan turda esa ikkinchi darvozabonimiz ham jarohat oldi. Mavsum oxirida hamma narsa to‘planib, jarohatlar kelib chiqadigan payt keldi. Markazda va hujumda hech nima o‘xshamadi. Faqat darvozabon bilan himoya chizig‘i vakillari haqiqatga yaqinroq o‘ynadi. Qolgan futbolchilardan noroziman.

- Oxirgi to‘rtta o‘yinning markazlashgan holda o‘tishi mumkinligini inobatga olsak, jamoaning Superligada qolish uchun kurashayotgan bir paytda bu sizga qo‘shimcha muammolar tug‘diradimi?

- Menga hozirdanoq qo‘shimcha muammolar tug‘dirdi. Qo‘rqmasdan aytaman, endi keyingi uchrashuvdan iloji boricha yoshlarni maydonga tushiraman. Bunaqa futbolchilar esa menga kerak emas!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!